“Chelsi”ni mana shu futbolchi qutqaradi
“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Oskar “aristokratlar” jahonning eng zo‘r futbolchilaridan biri, ya’ni Neymarni sotib olishi kerakligini ta’kidlamoqda.
31 yoshli Neymar PSJda ko‘p muammolarga duch kelayotgani ortidan muhitni o‘zgartirishga rozilik berdi.
PSJ ham ko‘p jarohat olayotgan qimmatbaho futbolchidan tezroq qutilmoqchi. Parijliklar yangi loyihani yosh frantsiyalik futbolchilar atrofida shakllantirishni rejalashtirmoqda.
- Neymar siz kutmagan narsalarni qila oladi. Yaxshi formada bo‘lsa, jamoaga katta yordam berishga qodir. Sizning tasavvuringizga sig‘maydigan paslar uzatadi. Jarohatlar uning PSJdagi faoliyatini murakkablashtirib yubordi. Lekin u hamon dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan, - dedi Oskar.
Neymar va Oskar Braziliya terma jamoasida birga o‘ynagan. Shuning uchun ham Oskar uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Neymarga “Manchester Yunayted”, “Chedsi” va “Nyukasl” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.
Fikrlar