"Chelsi"ning 70 million sarflagan futbolchisi "London derbisida" nimalar qildi?
Qishki transferlar vaqtida "Chelsi" Ukrainaning "Shaxtyor" klubidan 70 million evro evaziga Mixail Mudrikni sotib olgandi.
Shanba kuni APLning 23-turidan o‘rin olgan "London derbisi"da Mixail Mudrik maydonda 67 daqiqa harakat qildi. "WhoScored" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik vinger maydonda darvoza tomon umuman zarba bera olmadi, 18 ta uzatma berdi va ulardan 16 tasi aniq bo‘ldi, dribling ishlatmadi va bitta yakkakurashda g‘olib bo‘ldi.
Mudrikning "dahshatli" statistikasi ingliz muxlislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Vest Xem" va "Chelsi" bahsi 1:1 hisobida yakunlandi.
Fikrlar