
"Chelsi"ning hech bir murabbiyi bu ishni qila olmagan edi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z nomini jamoa tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Opta nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "aristokratlar" nemis mutaxassisi qo‘l ostida Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Angliya liga kubogi finaliga chiqdi. E’tiborlisi, Tuxel ushbu natijaga 350 kunda erishdi.
Shu paytga qadar “Chelsi”ni boshqargan hech bir murabbiy bunday qisqa muddat orasida 3 ta finalga chiqa olmagan.
Fikrlar