"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Bundesliga klubiga taklif bilan chiqdi
Londonning "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi Rahim Sterling Bundesliga klubiga taklif bilan chiqdi. Bu haqida jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, yaqinida londonliklar bilan o‘zaro shartnomasini bekor qilgan angliyalik forvard Germaniyaning "Union" klubiga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Biroq nemis jamoasi futbolchi bilan muzokaralarga kirishmagani aytilmoqda.
31 yoshli hujumchi hozirda erkin agent hisoblandi va o‘ziga yangi klub izlamoqda.
Ma'lumot uchun, Sterling oldin "Chelsi", "Arsenal", "Manchester Siti" va "Liverpul" jamoalari safida harakat qilgan.
Fikrlar