“Chelsi”ning universal hujumchisiga 7 klub da’vogar

  • 17.12.2025 21:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ning hujumkor futbolchisi Tayrik Jorj qishki transfer oynasi davrida London superklubini tark etish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda.

Caught Offside xabariga ko‘ra, futbolchi “aristokratlar” safida o‘yin vaqti kamligidan norozi va o‘ziga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan klubga o‘tishni istayapti.

O‘z navbatida, “Chelsi” mutasaddilari ham futbolchini sotishga tayyor. Tayrik faoliyatini davom etirishi mumkin bo‘lgan variantlar qatorida “Fulxem”, “Everton”, “Kristal Pelas”, “Lids” va “Sautgempton” kabi Angliya klublari tilga olinmoqda.

Tumanli Albion tashqarisida esa, Tayrikka Bundesligadan “RB Leyptsig” hamda A Seriyadan “Roma” qiziqish bildiryapti.

19 yoshli Jorj hujum markaziy va har ikki qanotda o‘ynay oladi. “Chelsi” akademiyadan etishib chiqqan yosh iste’dodni bir yil oldin asosiy tarkibga o‘tkazgan edi.

Tayrik joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 marotaba maydonga tushib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Uning London top-klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Jorjning bozor qiymati 22 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!