Chempion Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi o‘yinda aniqlanadi

Qatarning Doha shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Qatar Masters Open-2023” xalqaro turnirida dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan shaxmat ustalari g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagan A guruhi bahslarida 158 nafar sportchi g‘oliblik uchun dona suryapti.

Ushbu guruhda O‘zbekistondan 14 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.

736_736_95_2815734399_2

Nufuzli turnirning yakuniy – to‘qqizinchi turidan oldin hinisonlik Arjun Erigaisi 6,5 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Hind grossmeysteri sakkizinchi turda Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE bayrog‘i ostida o‘ynayotgan David Paravyanni mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqaning sakkizinchi turida uchta o‘zbek derbisi kuzatildi. Peshqadamni ta’qib qilayotgan Nodirbek Yoqubboev va Javohir Sindarov o‘zaro durang o‘ynab, hozircha Arjun Erigaisidan yarimtadan ochkoga ortda qolmoqda.

Ikkinchi derbida Jahongir Vohidov oq donalarda o‘ynaganiga qaramay, Nodirbek Abdusattorovning ustunligini tan olishiga to‘g‘ri keldi.

Nodirbek Abdusattorov ham olti ochko jamg‘arib, peshqadamni ta’qib qilayotgan guruhga qo‘shildi. To‘qqizinchi turda grossmeysterimiz Arjun Erigaisi bilan kuch sinashadi. “Qatar Masters Open-2023” xalqaro turniri g‘olibi mana shu uchrashuvda aniqlanishi ehtimoli katta.

Yana ikki grossmeysterimiz – Shamsiddin Vohidov va Abdumalik Abdusalimovning o‘zaro to‘qnashuvida g‘olib aniqlanmadi.

Nodirbek Abdusattorovdan tashqari sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilayotgan Javohir Sindarov oxirgi partiyasini Niderlandiya sharafini himoya qilayotgan mashhur grossmeyster Anish Giriga qarshi o‘tkazadi.

Nodirbek Yoqubboevga hind shaxmatchisi Murali Kartikeyan raqiblik qiladi.

O‘zbek shaxmatchilari ishtirokidagi qolgan uchrashuvlar quyidagicha yakunlandi.

Jordan van Forist (Niderlandiya) – Muhiddin Madaminov – mag‘lubiyat;

Saidakbar Saydaliev – Iniyan (Hindiston)- mag‘lubiyat;

Vugar Rasulov (Ozarbayjon) – Muhammadali Abdurahmonov – durang;

Teja Ravi (Hindiston) – Muhammadzohid Suyarov – durang;

Bobur Sattorov – Venkatesh (Hindiston) – g‘alaba;

Bahrom Bahrillaev – Tran Gia Puch Fam (Vetnam) – g‘alaba;

Olmos Rahmatullaev – Gurang Bagve (Hindiston) – g‘alaba;

Humoyun Bekmurodov – Maran Sentil (Hindiston) – mag‘lubiyat.

Gh301816409325450928_l_1

Hal qiluvchi bellashuvlarda o‘zbekistonlik shaxmat ustalariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Superturnirda o‘zbek derbisi bo‘ladi!

Nodirbek peshqadamni to‘xtatgani ikki grossmeysterimizga juda qo‘l keldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!