Chempionga “Roma” hujumchisi kerak

  • 30.05.2022 09:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempionati g‘olibi “Milan” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga qaror qildi. Milanliklar birinchi navbatda A Seriyada o‘ynash tajribasiga ega iste’dodli ijrochilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrning xabar berishicha, “rossonerilar” “Torino” safida o‘zini ko‘rsatgan va chempionatning eng yaxshi himoyachilaridan bo‘lgan Gleyson Bremer va “Roma”ning universal hujumchisi Nikolo Dzanoloni nishonga oldi.

Bremerning transferi milanliklar uchun 40-50 million evro atrofida tushadi. Bu o‘yinchiga Angliya tomonlardan ham takliflar etarli.

Nikolo Dzanoloni olish biroz qiyinroq. Chunki Rim klubi unga yangi bitim taklif qilmoqda. “Yuventus” ham Dzanoloni qo‘lga kiritish uchun yaxshigina xarajat qilishga tayyor. 22 yoshli o‘yinchi 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!