Chempionlar ligasi oldidan ikkita jiddiy yo‘qotish
“Borussiya Dortmund” jamoasi himoyachilari Niko Shlotterbek va Niklas Zyule Yevropa Chempionlar ligasi doirasida “Atalanta”ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.
Maʼlumotlarga koʻra, har ikki futbolchi jarohat sababli uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Niko Shlotterbek mashgʻulot jarayonida olgan jarohati tufayli safdan chiqqan. Niklas Zyule esa tiklanish jarayonini yakunlamagan va hali toʻliq sport formasiga kirmagan.
Ularning yoʻqligi “Borussiya Dortmund” himoya chizigʻi uchun jiddiy yoʻqotish hisoblanadi. Ikkala futbolchi ham markaziy himoyada asosiy tarkib aʼzolari boʻlib, muhim xalqaro oʻyin oldidan ularning safdan chiqishi murabbiylar shtabi uchun qiyinchilik tugʻdiradi.
Hozircha futbolchilarning maydonga qaytish muddati haqida rasmiy maʼlumot berilmagan.
“Borussiya” va “Atalanta” oʻrtasidagi uchrashuv 17 fevraldan 18 fevralga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. Bahsga Dortmund shahri mezbonlik qiladi.
Fikrlar