Chempionlar ligasi pley-offiga chiqqan barcha jamoalar aniqlandi
Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, pley-offga chiqqan va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Yevropaning eng nufuzli turnirida 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy bosqichda kuchli sakkizlikdan o‘rin olgan «Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenxem», «Barselona», «Chelsi», «Sporting» va «Manchester Siti» ishtirok etadigan bo‘ldi.
Keyingi o‘rinlarni egallagan «Real», «Inter», «Pari Sen-Jermen», «Nyukasl», «Yuventus», «Atletiko», «Atalanta», «Bayer», «Borussiya» D, «Olimpiakos», «Bryugge», «Galatasaray», «Monako», «Qarabo‘g‘», «Budyo-Glimt» va «Benfika» uy-safar tizimida ikkitadan o‘tish o‘yinlarini o‘tkazadi.
Jamoalarning ilk uchrashuvlari 17 va 18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari esa 24 va 25 fevral 2026 yilda o‘tkaziladi.
Fikrlar