Chempionlar ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqishi oldindan aytildi

  • 26.02.2026 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Opta analitika markazi superkompyuteri 2025-2026 yildgi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqishini prognoz qildi.

Opta versiyasiga ko‘ra, bosh sovrin uchun asosiy da’vogar Londonning “Arsenal” klubi hisoblanadi. Mikel Arteta jamoasining qit’a turnirida g‘olib chiqish imkoniyati  29,45 foizga baholangan.

Nomzodlar orasida ikkinchi o‘rinda Bundesliga gegemoni “Bavariya” joylashgan. Myunxen klubi 14,56 foiz ko‘rsatkich bilan g‘oliblikka da’vogar hisoblanadi.

Sun’iy intellekt hisob-kitobiga ko‘ra, Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Manchester Siti”ning musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyati nisbatan yuqoriroq. “Shaharliklar”ning ehtimoliy g‘alabasi 13,42 foizga teng.

Qayd etish joizki, Opta Chempionlar Ligasi favoritlari “top-5” reytingiga birdaniga Angliya to‘rtta klubini kiritgan: “Liverpul” (10,44 foiz),  “Chelsi” (6,69 foiz).

Ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar uchun “Real”ga berilgan taxmin kutilmagan natija sifatida qayd etildi. Superkompyuter madridliklarning chempionligini 3,9 foizga baholadi.

Endi buyog‘iga nima bo‘lishi va taxminlar qanchalar to‘g‘ri chiqishini vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!