Chempionlar ligasini davom ettiradigan barcha jamoalar aniq bo‘ldi

  • 26.02.2026 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2025-2026 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining saralash oʻyinlari yakunlandi. Shu tariqa, ushbu oʻyinlar orqali qit’aning eng nufuzli turnirida 1/8 finaliga chiqib, musobaqani davom ettiradigan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi.

Ikkita uchrashuvdan iborat boʻlgan pley-offda umumiy natijalarga koʻra, “Nyukasl”, “Atletiko Madrid”, “Budyo-Glimt”, “Bayer”, “Pari Sen-Jermen”, “Galatasaroy”, “Real Madrid” va “Atalanta” gʻalaba qozondi.

Bundan avval umumiy bosqich natijalari boʻyicha 1/8 finalga “Barselona”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Tottenxem”, “Sporting”, “Manchester Siti”,  “Arsenal” klubi va “Bavariya” chiqqan edi.

Ushbu jamoalar keyingi bosqich qurʼasida saralangan jamoalar sifatida ishtirok etadi.

Joriy musobaqa finali Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadionida boʻlib oʻtadi. Hal qiluvchi oʻyin 2026 yilning 30 may kuniga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!