
Chempionlar ligasini tark etgan ilk jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Shvetsiyaning “Malmyo” klubi o‘z maydonida musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblangan “Chelsi”ni qabul qildi.
O‘yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan “Malmyo” o‘zi kurash olib borayotgan “H” guruhidan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Gap shundaki, to‘rtta o‘yindan so‘ng, shvetsiyaliklar hisobida birorta ham ochko yo‘q. Ular so‘nggi ikki turda “Yuventus” va “Zenit”ni mag‘lubiyatga uchratgan holatda ham, guruhda 1- va 2-o‘rinlarni egallab turgan “Yuventus” va “Chelsi”ga eta olmaydi. Ushbu jamoalar hisobida to‘qqiztadan ochko bor.
Eslatib o‘tamiz, “Malmyo” bungacha “Yuventus”ga 0:3, “Zenit” va “Chelsi”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar