Chempionlar ligasining eng tezkor futbolchilari aniqlandi
UEFA Chempionlar ligasida joriy mavsumda qayd etilgan eng yuqori tezlik ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Kilian Mbappe mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.
"Real Madrid" hujumchisi Mbappe o‘yin davomida 34,9 km/soat tezlikni qayd etgan.
Ikkinchi o‘rinni Dushan Vlahovich egalladi. "Yuventus" forvardining eng yuqori tezligi 34,8 km/soatni tashkil etdi.
Kuchli uchlikni esa Abduqodir Husanov yakunlab berdi. "Manchester Siti" himoyachisi joriy mavsumda 34,7 km/soat tezlikka chiqqan.
Qayd etilishicha, avvalroq e’lon qilingan ro‘yxatda Husanov ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi pog‘onadan joy olgan edi.
Fikrlar