Chempionlikkacha 2 o‘yin: Yaxshiboev mashg‘ulotlarga kirishdi(foto)
Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan "Shaxtyor" klubi Belarus Oliy ligasi 29-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Soligorskliklar turnir jadvalining 8-pog‘onasini band etgan "Rux" Brest klubi maydoniga safar qiladi. Ushbu bellashuv oldidan legionerimiz Jasur Yaxshiboev ham mashg‘ulotlarga kirishdi. Unda to‘purarlar poygasida, jamoasiga turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olish uchun 2 ta o‘yin qoldi. "Shaxtyor" birinchi pog‘onadagi BATEdan 1 ochko kam jamg‘argan.
"Rux" Brest - "Shaxtyor" Soligorsk uchrashuvi 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar