Cheran, "Paxtakor", "Nasaf", "Lokomotiv" va o‘sha hisob...

  • 27 fevral, 2022, 20:50
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Nasaf" bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda toshkentliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yinning 61-daqiqasida Aziz Turg‘unboev qanotdan oshirib bergan to‘pni Dragan Cheran bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 

Shu tariqa, poytaxtliklar Superkubok g‘olibiga aylandi. Bu orqali "Paxtakor" o‘z tarixida ikkinchi bor Superkubokni qo‘lga kiritdi. Birinchi marta o‘tgan yili Samarqandda bugungi raqibi "Nasaf"ni huddi shu hisobida taslim etgan va o‘shanda ham Cheranning yagona goli jamoasiga sovrin taqdim etgandi.

Qolaversa, Superkubokda g‘alaba qozonish bo‘yicha "Paxtakor" hamshahari "Lokomotiv"ga etib oldi. "Termio‘lchilar" ham musobaqada 2 bor g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
27/02/2022 20:49

. мансур
27/02/2022 20:30



Ғалабага энг катта ҳиссани Аъзамов қўшди, у ўйнаганида ютқазиб қўйишимиз ҳеч гап эмасди, Сайфиев ва Қувватовдан ҳам ҳар галгидек ажойиб "қовун" бўлди, хайриятки ўзлари тузатишди ҳатосини, мана шулар кетса Пахтакор анча сифатли жамоага айланади