Cheran va Chalasan ham qo‘shilishdi yoxud "Andijon"ning Antaliyadagi yig‘ini qanday o‘tmoqda?
Maʼlumki,”Andijon” klubi ham Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda va kuniga ikki mahaldan shugʻullanishmoqda.
Ushbu yigʻin doirasida jamoa bugungi kundagi dastlabki qismidagi mashgʻlotni yuqori surʼat va aniq maqsadlar bilan oʻtkazdi. Iliq iqlim, tabiat va professional sharoitlar futbolchilarga mashgʻlotlarni toʻliq kuch bilan bajarish imkonini bermoqda. Maydonda harakat, intizom va jamoaviy uygʻunlik yaqqol koʻzga tashlanmoqda.
Mashgʻlot jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan mashqlar bilan boshlandi. Chidamlilik, tezkorlik va kuchni oshirishga qaratilgan elementlar toʻp bilan olib borilgan mashqlar bilan uygʻunlashtirildi. Murabbiylar shtabi har bir epizodni diqqat bilan nazorat qilib, futbolchilardan yuqori talab qoʻymoqda.
Antaliya yigʻinining asosiy maqsadi — jamoani yangi mavsumga har tomonlama tayyor holga keltirish. Shu bois har bir mashgʻlot maksimal foyda olish tamoyili asosida tashkil etilmoqda.
Futbolchilarning ishtiyoqi, maydondagi oʻzaro tushunish va raqobat muhiti yigʻin samarali oʻtayotganidan dalolat bermoqda.
“Andijon” Antaliyadagi har bir kunni foydali oʻtkazishni bosh maqsad qilib olgan. Mashgʻlotlar esa kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.
Kunning ikkinchi qismidagi tayyorgarlik jarayoni ham jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Mashgʻlotda jamoaga Cheran hamda Chalasan ham qoʻshilishdi. Undan avval esa Imeda Ashortia va Igorʼ Golban ham tarkibga qoʻshilishgan. Ularning safga qaytishi tayyorgarlik jarayonini yanada boyitdi va raqobat muhitini kuchaytirdi. Futbolchilar mashgʻlot davomida yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan ish olib borishdi.
Murabbiylar shtabi asosiy eʼtiborni jismoniy holat, toʻp bilan ishlash hamda taktik vazifalarga qaratdi. Mashgʻlot yuqori surʼatda, intizom va jamoaviy ruhda oʻtdi.
Antaliya yigʻini jamoa uchun yangi mavsum oldidan muhim bosqich boʻlib, har bir mashgʻlot umumiy maqsad sari tashlangan navbatdagi qadam hisoblanadi. Tayyorgarlik davom etadi.
Fikrlar