"Cheranga qurbimiz etmadi, yangi hujumchi keladi, "Paxtakor" darajasiga chiqmadik" yoxud Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida nimalar ishtirok etdi

  • 26 fevral, 2022, 17:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, ertaga O‘zbekiston Superkubogidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ushbu o‘yin oldidan bugun "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev va futbolchilar ishtirok etdi.

Ro‘ziqul Berdiev: Superkubok tashkilotchilariga, "O‘zbekiston" o‘yingohini tanlaganlar va uni uchrashuvga tayyorlaganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Biroz avval stadionda mashg‘ulot o‘tkazdik. Maydon ajoyib holatda.

"Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinlarni muxlislar har doim intiqlik bilan kutishgan. Chunki har ikki klubning o‘z o‘yin uslubi mavjud.

Husayn Norchaev: Ertaga yangi mavsum start oladi. "Paxtakor" jamoasiga qarshi yaxshi tayyorlandik.

Ro‘ziqul Berdiev: Ertaga mamlakatning amaldagi chempioniga qarshi o‘ynaymiz. Oxirgi paytlarda bu jamoaga qarshi qanday o‘ynashni bilishimizni ko‘rsatib qo‘ydik. Ertangi o‘yinga kim yaxshiroq tayyorlansa, o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi. "Nasaf" uchrashuvga to‘liq tayyor.

Husayn Norchaev: Ertangi bahsga tayyorgarlik jarayoni yaxshi bo‘ldi. "Paxtakor" bilan o‘yinga tayyormiz va muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilamiz.

Hozir boshqa jamoalardan tushayotgan takliflarni muhokama qiladigan payt emas. Ayni paytda "Nasaf" bilan 3 yillik shartnomam bor. Butun e’tiborim jamoaning yutuqlari uchun ko‘mak berishga qaratilgan.

Marko Stanoevich: Biz Dragan bilan avval birga o‘ynaganmiz. U mening qalin do‘stim, bir oilamiz desam ham adashmagan bo‘lamiz. Nasib qilsa, yana bir jamoada harakat qilamiz. Umid qilamanki, u jamoa "Nasaf" bo‘ladi.

Ro‘ziqul Berdiev: Biz Cheranni ortga qaytarishga harakat qildik. Bu sir emas. Muzokaralar olib bordik, ammo yakunda uning talablarini qanoatlantira olmadik. Bilasiz, bizning jamoa bir nechta legionerlarni xarid qilishga qurbi etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!