"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov nufuzli turnirda muvaffaqiyatli dona surmoqda

  • 5 aprel, 2023, 12:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO
Shaxmat olamidagi eng nufuzli onlayn seriya - "Champions Chess Tour" doirasida yil davomida turli musobaqalar  o‘tkazilib kelinadi. 
 
Hozirda ushbu tur doirasida "Chessable Masters" turniri 3 ta divizionda bo‘lib o‘tmoqda. 
 
2-divizionda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov, nimchorak finalda Niderlandiya vakili Anish Girini, chorak finalda esa hindistonlik yosh shaxmatchi Arjun Erigasini mag‘lub etgan holda yarim finalga yo‘l oldi. Bugun, 5 aprel kungi yarim finalda u rossiyalik Denis Lazavik bilan o‘yin o‘tkazadi.
 
3-divizionda ishtirok etayotgan yana bir yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov ham chorak finalda rossiyalik Aleksey Saranadan ustun keldi. Unga yarim finalda eronlik Amin Tabatabaei raqib bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!