Chexiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinladi

  • 19.12.2025 21:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Chexiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda Chexiya futbol federatsiyasi ma’lum qildi.

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, endilikda terma jamoaga mahalliy mutaxassis Mioslav Koubek bosh murabbiylik qiladi. Avvalgi murabbiy Ivan Gashek JCh saralashi doirasida Farer orollariga 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng o‘z lavozimidan ozod etilgandi. Koubek Chexiya bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Unga pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tish va jamoani mundialga olib chiqish vazifasi yuklatildi. 

Ma’lumot uchun, Miroslav ilgari bir qator Chexiya klublarida faoliyat yuritgan. U 2015 yilda  "Viktoriya Plzen" bilan Chexiya chempionati va Kubogi g‘olib bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!