
Chimaevning ovqatdan zaharlangani haqidagi mish-mishlar qanchalik to‘g‘ri?
Saudiyalik tadbirkor va Hamzat Chimaev(13-0)ning jamoadoshi – Xan jangchining ovqatdan zaharlangani sababli Robert Uittaker(25-7)ga qarshi jangidan voz kechganini mutlaqo bema’nilik deb atadi.
“Hamzat Chimaevning ovqatdan zaharlangani sababli jangni tashlab ketgani haqidagi bu soxta mish-mishlarning barchasi bema’nilik. Birodar sifatida uning og‘ir damlari haqida gapirmayman, lekin menga ishoning – u qattiq kasal bo‘lib shifoxonaga yotqizilgan edi. Uni bunday yomon holatda ko‘rish barchamiz uchun juda qiyin bo‘ldi”, — deb yozdi tadbirkor ijtimoiy tarmoqda.
Fikrlar