Chiptalar tugadimi? O‘FA bu haqda ma’lumot berdi

  • 18 iyun, 2022, 19:38
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi final uchrashuvi bizni kutib turibdi. Unda vakillarimiz Saduiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga chiqadi. 

iTicket.uz kompaniyasining O‘FAga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bugun kassalarda kun davomida sotilgan chiptalar ayni vaqtda o‘z yakuniga etgan.

Finalga qiziqish yuqoriligi va stadion barcha xohlovchilarni sig‘dira olmasligini inobatga olib, “Bunyodkor” turargohida futbol muxlislari uchun maxsus monitor o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, “Uzreport” telekanali tomonidan finalning jonli translyatsiyasi amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fazliddin Azamxojayev
18/06/2022 20:22
Endi stayankadigi monitorda korishniyam pulga sotadimi diyman bula