Chiroqchi sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha mamlakat kubogi bahslari o‘tkazilmoqda

Bugun 14 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2010-2011 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar belbog‘li kurashning belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishida o‘z vazn toifalariga ko‘ra g‘oliblik uchun kurash tushishmoqda.  

Ta’kidlash joiz, viloyat belbog‘li kurash federatsiyasi, Chiroqchi tuman hokimligi, tuman sport maktabi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan O‘zbekiston kubogi bellashuvlarida dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Qashqadaryo viloyat belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Farhod Jumanovlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida ta’kidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston kubogi bellashuvlariga start berildi. Musobaqa reglamentiga muvofiq, bugun belbog‘li kurash yo‘nalishida o‘g‘il bolalar 11 ta vazn toifasida, qizlar erkin yo‘nalishda 7 ta vazn toifasida kuch sinashishadi.

Musobaqa 16 aprelga qadar davom etadi.

photo_2023-04-14_12-22-38

photo_2023-04-14_12-15-48

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!