ChLda tur goli aniqlandi (Video)
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann tomonidan Chempionlar ligasining 5-turida kiritilgan gol eng chiroylisi, deb topildi.
Frantsiyalik futbolchi "Ferentsvarosh" (3:0) darvozasiga chiroyli tarzda yo‘l topgandi.
Sovringa Grizmanndan tashqari, "Midtyullann" himoyachisi Aleksandr Sholts, "Istanbul" yarim himoyachisi Irfan Kaxveji va "Olimpiakos" a’zosi Madi Kamara nomzodlik qilayotgandi.



Fikrlar