Coca Cola O‘zbekiston kubogining 3-bosqichiga 7 iyun kuni qur’a tashlanadi, marosim jonli efirda ko‘rsatiladi
Coca Cola O‘zbekiston kubogida ikkinchi bosqich uchrashuvlari o‘tkazilib, uchinchi bosqich ishtirokchilari aniqlanganidan xabaringiz bor.
Joriy yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. PFL rasmiy saytining xabar berishicha mazkur uchrashuv oldidan “Milliy” stadionda O‘zbekiston kubogi uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’a Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – KXDR uchrashuvi 7 iyun kuni soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar