
Coca Cola Superliga. Bugun qanday o‘yinlar bor?
Bugun Coca Cola Superligasida 15-tur o‘yinlari yakunlanadi. Kun doirasidan ikki uchrashuv o‘rin olgan bo‘lib, ularning dastlabkisi soat 17:00 da start oladi. Unda "Surxon" jamoasi Navoiyning "Qizilqum" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bellashuv "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
19:00 da esa AGMK va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshlanadi. Ushbu o‘yin "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar