Cuperligada super tur! Yakunda peshqadam ochko yo‘qotadimi?!

  • 12 noyabr, 2022, 00:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Superligasining so‘nggi turida chempion nomi hal bo‘ladi. 12 noyabr kuni Toshkentning "Paxtakor", Qarshining "Nasaf" va Namanganning "Navbahor" klublari hal qiluvchi "jang"ga kiradi. Xo‘sh, yakuniy turda kimning imkoniyati qanday?

"Navbahor" - AGMK: Xotirjam "konchilar" oltin uchun "qon" to‘kishga tayyor "lochinlar"ga qarshi!

Tecno

Imkoniyatlar: 60 - 40

jama2

Namangandagi bahs Samvel Babayan shogirdlari uchun mavsumdagi so‘nggisi bo‘libgina qolmay, tarixiy natijaga aylanib ketishi mumkin. Ayni damda "lochinlar" va turnir peshqadami sanalgan "Paxtakor" o‘rtasida 1 ochko farq bor. Agar toshkentliklar derbida ochko yo‘qotsa, "Navbahor"ning g‘alabasi ularning Superliga g‘olibiga aylanishiga imkon beradi. Shu faktor sababli Namanganda mezbonlar g‘alaba uchun katta kuch bilan oldinga tashlanishi aniq. AGMKda esa barchasi o‘zgacha. Mirjalol Qosimv shogirdlari so‘nggi turga qadar 4-o‘rinni sug‘urtalab qo‘ydi. Qo‘shimchasiga, Namangandagi g‘alaba ham ularni 3-o‘ringa ko‘tarilishi uchun kifoya qilmaydi. Shunday ekan, ikki xil ruhiy holatdagi jamoalar to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Agar tarkib va muxlislar omili birinchi planga ko‘tarilsa, "Navbahor" 3 ochko uchun asosiy da’vogar. Shunga qaramay, aynan shu hech qanday bosimsiz to‘p suradigan AGMK uchun qo‘l kelishi mumkin. Bu ikki xil reaktsiya berishi mumkin bo‘lgan omillar, ammo ijrochilar borasida birozgina ustunlik "lochinlar" tomonidadek ko‘rinmoqda. Babayan shogirdlari bu o‘yinning qadrini juda yaxshi bilgan holda, maydonda 3 ochko uchun ilk daqiqalardan yuqori pressingga murojaat etishi mumkin. Joriy mavsumdagi so‘nggi o‘yinda kichik farq bilan "Navbahor"ning imkoniyatlari yuqori baholanishini sababi ham shu aslida.

"Olimpik" - "Nasaf" : Taxtdan tushgan "ajdarlar" Kapadzening jahl otiga mingan "olimpiyachilari"ga qarshi!

Imkoniyatlar: 45:55

g3k44o3kgo3kg

Qarshida "Neftchi"dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng "Nasaf" chuqur shok holatiga tushib qoldi. Berdiev shogirdlari chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda peshqadamlikni boy berib, 3-pog‘onagacha pastladi. "Ajdarlar" o‘z tarixida chempionlikka bu qadar yaqin kelmagani bois mag‘lubiyat ikki hissa alamli bo‘lgani aniq. Endi, "Nasaf" so‘nggi turda g‘alaba qozongan taqdirda ham "Paxtakor" va "Navbahor"ning omadsiz uchrashuv o‘tkazishiga umid qilishga majbur. Tushkun kayfiyatdagi jamoa so‘nggi turda bosimsiz harakat qilishga odatlangan "Olimpik"ni Toshkentda engishiga to‘g‘ri keladi. Kapadze shogirdlarida vaziyat a’lo darajada, deb bo‘lmaydi. AGMKdan qabul qilib olingan alamli mag‘lubiyat jamoa imijiga putur etkazgani turgan gap. Shunga qaramay, "Olimpik" "Nasaf"dan farqli o‘laroq, mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlash uchun ruhan yaxshiroq tayyorgarlikka ega. Qarshidagi 2:2ni yodga olgan holda, bu bahsda ham gollar shousini ko‘rishimiz ehtimoli yuqori. Uchrashuvda "Nasaf" nom jihatdan favoritdek ko‘ringani bilan, barchasi "ajdarlar" uchun omadsiz yakunlashi hech gap emas. "Olimpik" anchagina shakllangan jamoaga aylanib bo‘ldi. Boz ustiga, Kapadze shogirdlari o‘z uyida yaxshi o‘ynay oladiganlar sirasiga kiradi. "Nasaf"ga oson bo‘lmaydi, ammo ular bahsning favoriti bo‘lib qolaveradi.

"Bunyodkor" - "Paxtakor" : Boshkovichning qaysar bolalari "sherlar"ni to‘xtatishga harakat qiladi!

Imkoniyatlar: 45:55

alijonov

"Toshkent derbisi"ning qadri juda baland. O‘rtaga oltin medallar tikilgan. Yodingizda bo‘lsa, "qaldirg‘ochlar" avvaliga "Navbahor"ni engib, ularni turnir jadvalidagi peshqadamlikdan mahrum qilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay "Nasaf"ni muhim 2 ochkodan mosuvo qilgandi. Endi, Boshkovich shogirdlari "Paxtakor"ning oyog‘idan chalib qolish imkoniyatiga ega. Birinchi davrada bu ishni "Bunyodkor" mehmonda (2:3) uddalagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Jamoa postini Ivan Boshkovich egallagach, "Bunyodkor" o‘yin tomonidan anchagina o‘sgani rost. "Paxtakor" esa mavsumni juda yomon boshladi. Hozir Maksim Shatskixda mavsumni qutqarib qolish imkoniyati mavjud. "Bunyodkor" ustidan qozoniladigan ehtimoliy g‘alaba "sherlar"ni mamlakat chempioniga aylantiradi. Bahsning qadri juda va juda baland. Imkoniyatlar borasida "shans" biroz "Paxtakor"da ko‘proqdek ko‘ringani bilan, "Bunyodkor" syurpriz tayyorlagan bo‘lishi aniq. "Toshkent derbisi" 26-turnig markaziy o‘yini bo‘libgina qolmay, joriy mavsum finishiga aylanadi. Ijrochilar borasida "sherlar" kuchliroq ko‘rinishi mumkin, ammo "qaldirg‘ochlar"ning yaxlit mehanizmga aylanib borayotgan o‘yin uslubi derbida qo‘l kelishi aniq.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javli Ruzimuradov
12/11/2022 15:12
Уч авлон фолбинлар,кийналиб кетади,Гирром футбол бугун нихоясига етти
Javli Ruzimuradov
12/11/2022 15:07
Узбек футболи узбекча талкинда Насафни судиялар чопади ,Навбохор навбатини кутади ,Пойтахт Пахтакорни УФА ПФЛ кулогидан тортади .Гипер лига спектакили тамом.
&
Локо
12/11/2022 10:08
Аслида 40/60 келишилган холда 0/100
Aziz Yuldashev
12/11/2022 00:08
Яхёхўжа, Бунёдкор Пахтакор бахсида имкониятлар 10/90.