Dahshat! Keyn qatorasiga sakkizinchi o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi

"Bavariya" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn kecha yana gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Angliya termasi sardori Maltaga qarshi kechgan o‘yinning 75-daqiqasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, Xarri o‘zi ishtirok etgan qatorasiga 8-o‘yinda ham raqib darvozasiga to‘p kiritishning uddasidan chiqdi. U klub va terma safidagi so‘nggi 8 ta uchrashuvda 15 ta gol urishni uddaladi. 

Shuningdek, Keyn Angliya terma jamoasida so‘nggi 31 bahsda 34 ta golda qatnashdi. Uning hisobida 28 ta gol va 6 ta assist mavjud. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!