Dahshat! PSJ superklubga Kvaratsxeliyaning narxi aytdi
Joriy mavsum Angliya Premier-ligasi gʻolibligiga juda yaqin turgan Londonding “Arsenal” klubi Gruziya terma jamoasi va PSJ hujumkor futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda.
TeamTalk nashriga koʻra, “kanonirlar” rahbariyati ushbu transfer boʻyicha ish boshlagan va bosh murabbiy Mikel Arteta shaxsan ushbu futbolchini jamoaga olib kelishdan manfaatdor.
Biroq Parij klubi oʻz yetakchilaridan biri bilan xayrlashishni istamayapti. Xabar qilinishicha, “Pari Sen-Jermen” Xvichani qoʻyib yuboradigan boʻlsa ham, bu ishni oʻta katta summa, taxminan 180 million yevro miqdoridagi toʻlov evaziga amalga oshirishi mumkin.
Agar bu transfer amalga oshsa, Britaniya futboli uchun rekord koʻrsatkich boʻladi.
Kvaratsxeliyaning oʻzi ham Parijdagi holatidan mamnun va klubni oʻzgartirishga shoshilmayapti.
Joriy mavsumda 25 yoshli vinger barcha musobaqalarda 39 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar