
Dahshat! "Sheffild" APLda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi
"Bremmel Leyn" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. 13-daqiqada Kallum Uilson hisobni ochdi. Billi Sharp tomonidan birinchi bo‘lim so‘nggida kiritilgan goldan so‘ng muvozanat tiklandi. 84-daqiqada Jon Landstrem jamoasiga 3 ochko keltirgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, "Sheffild" hisobidagi ochkolar soni 39 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 26 ochkosi bor "Bornmut" esa 16-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar