Dalot 5 talik jamoa tuzdi: Ronaldu, Marsyal, Antoni va boshqalar
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot o‘zi maydonga birga tushgan yoki qarshi o‘ynagan futbolchilar orasidan besh nafaridan iborat jamoa tuzdi.
Portugaliyalik futbolchi avvalo Krishtianu Ronalduni tanladi.
"U yerda Kris bo‘lardi. Yana bir futbolchini aytaman – Marsyal. Men faqat rasmiy o‘yinlardagi harakatlarini emas, balki mashg‘ulotlardagi o‘yinni ham hisobga olaman. Men unga qarshi ko‘p o‘ynagman va bu juda, juda qiyin edi. Agar u barqarorroq bo‘lganida edi – ba’zan o‘yindan uzilib qolardi. Ammo u istasa, dunyodagi eng yaxshi futbolchi bo‘la olardi. Osondek.
U shunday harakatlar qilaridiki, mashg‘ulotni to‘xtatishni so‘rash mumkin edi. Hatto hushak chalib: “Bo‘ldi, binoga qaytamiz”, deyish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘lgan. Shunaqa vaziyatlar bir necha bor kuzatilgan. Esimda, Mata ham shunday narsalarni qila olardi", – dedi Dalot.
Shuningdek, u Reshford haqida ham to‘xtaldi:
"Reshford ham istagan darajaga chiqa olardi, ammo men Antonini tanlayman. Chunki u o‘zining eng yuqori cho‘qqisida mashg‘ulotlarda boshqalardan ajralib turardi. U himoyada ham, hujumda ham istagan ishini qila olardi", – dedi himoyachi Rio Ferdinandga bergan intervyusida.
Dalot o‘z jamoasiga shuningdek Pepe, Brunu Fernandesh va Pol Pogbani ham qo‘shgan.
Fikrlar