Dana Uayt: Konor to‘liq tuzalib ketmaguncha hech qanday chora ko‘rmayman

  • 23 iyun, 2024, 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt yarim engil va engil vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregorning oktagonga qaytish sanasi haqida gapirdi.

Tecno

“Ayni damda aniq bir narsa deya olmayman. Turnir jadvalimiz allaqachon tuzilgan. Avval aytganimdek, Konor to‘liq tuzalib ketmaguncha hech qanday chora ko‘rmayman. Bu muhokama qilishga ham arzimaydi. Biz sentyabr va oktyabr oylari haqida gapiryapmiz, ammo Konor bunga tayyor emas. Bu haqda gapirishdan ma’no yo‘q”, - deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Middle Easy portali.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Konor AQSh vakili Maykl Chendler bilan jangdan voz kechgan edi. Ular iyun oyi oxiriga rejalashtirilgan UFC 303 turnirida jang qilishlari rejalashtirilgandi. Ba’zi jangchilar esa Makgregor haqiqatan ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelganiga shubha qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!