Dana Uayt: "Pul – baxt keltirmaydi"
Mashhurlardan qimmatli maslahatlar olishi bilan tanilgan TikTok yulduzi Piter Fuad UFC rahbari Dana Uaytdan pul va baxt haqida so'radi.
"Kambag'alligingda baxtsiz bo'lsang, pul topganingda chinakamiga baxtsizlikka erishasan, ishonaver. Maslahatim – o'zing yoqtirgan ishni top, o'rningdan tur va har kuni shuni qil. Chunki pul – baxt keltirmaydi. Ochiqini aytsam, hayotimdagi eng quvonchli lahzalarimdan ba'zilari kambag'alligimda bo'lib o'tgan!" – dedi UFC prezidenti.
Eslatib o'tamiz, Dana Uayt, sheriklari Lorenzo va Frank Fertitta bilan birgalikda UFC ni 2001 yil yanvar oyida 2 million dollarga sotib olgandi. Shundan buyon Uayt promoushen prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Fikrlar