Daniel Dyubua: "Stsenariyni qayta yozmoqchiman. Bu uchun esa menga revansh kerak"

  • 21 oktabr, 2024, 15:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda IBF chempioni Daniel Dyubua (22-2, 21 KO) ukrainalik Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) bilan revansh xohlayotganini aytdi.

Tecno

"Men va Usik o‘rtamizda hal qilish kerak bo‘lgan masalalar bor. Men Aleksandrni engib, faoliyatim stsenariysini qayta yozmoqchiman. Bu uchun revansh kerak. Mening ham boshqa bokschilardek maqsadim bitta -  barcha kamarlarni birlashtirish", - dedi Dyubua "BoxingNation" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi jangida Daniel hamyurti Entoni Joshuani 5-raundda nokautga uchratgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!