
Daniel Korme Habib va Konor o‘rtasidagi mojaroni qanday hal qilish yo‘lini o‘ylab topdi
Amerikalik sobiq UFC chempioni Daniel Korme Habib Nurmagomedov va Konor MakGregor o‘rtasidagi uzoq yillik mojaro haqida gapirdi.
"Konor Xabibni shunchaki yomon ko‘radi. Habib ham uni yoqtirmaydi. Ular bir-birlaridan nafratlanishadi. Ammo bu mojarolarni hal qilishning eng oson yo‘l bor. Agar MakGregor Chendlerni mag‘lub etsa, unga Islom Maxachevga qarshi titul jangini berish kerak. Shunda Habib ham bundan tasalli topardi. Mabodo Konor Habibning merosxo‘rini mag‘lub etsa, o‘tmish uchun qasos olgan hisoblanardi”, – dedi Korme Funky & The Champ nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktyabr oyida Nurmagomedov(29-0) to‘rtinchi raundda MakGregor(22-6)ni "sabmishn" orqali mag‘lub etgandi.
Fikrlar
чунки конор хеч качон чендлерни хам, махачевни хам енга олмайди