Daniel Kormye: "Jon Jons bilan doʻst boʻlishga majbur emasman"

  • 04.02.2026 15:31
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC Shon-sharaf zali a’zosi Daniel Kormye 38 yoshli vatandoshi Jon Jons bilan nega yarashmoqchi emasligini tushuntirdi.

"Ochig‘ini aytsam, Jon bilan Tailandda uzoq vaqt birga bo‘lganimdan keyin bugungi Jons va avvalgi Jons boshqa-boshqa inson ekanini angladim. U bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Hatto birga chin dildan kulgan paytlarimiz ham bo‘ldi. 

O‘tishda unga nisbatan bo‘lgan salbiy hissiyotlar endi menda yo‘q. Lekin biz oilalarimiz haqida yomon gaplar aytganimiz rost. Ha, ayni damda ham u bilan hushmuomala bo‘lishim mumkin, ammo do‘st bo‘lishga majbur emasman. Men erkakman. Bor gap shu.

Baxtli yakunlar — bolalar hamda shahzodalar va malikalariga ishonadigan kichkina qizchalar uchun. Hamma bilan do‘st bo‘lish shart emas", — deya Kormyenig so‘zlarini keltirdi "Yahoo Sports" nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!