
Daniel Korme: "Topuriya tez orada engil vaznga ko‘tariladi, chunki..."
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, hozirda Shon-sharaf zali a’zosi Daniel Korme promoushenning yulduzi Iliya Topuriya haqida gapirdi.
"O‘z divizioningizdagi eng yaxshi yigitlarni mag‘lub etsangiz, charchashingiz mumkin. Lekin men jismoniy emas, ruhiy charchoqni nazarda tutyapman. Shu bois Topuriya tez orada engil vaznga ko‘tariladi, deb o‘ylayman. Chunki u ham katta nomlarni engdi”, - dedi Korme o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Iliya "UFC 308" turniridagi so‘nggi jangida amerikalik Maks Xolloueyni uchinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar