Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Darvin Nunьes Angliyaga qaytishi mumkin

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Urugvaylik forvard maoshini kamaytirishga ham rozi

Darvin Nunyес yozgi transferlar oynasida Angliyaga qaytishi mumkin. U avvalroq "Liverpul" safida to‘p surgan edi.

So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari urugvaylik futbolchini "Chelsi" klubi bilan bog‘lamoqda. Xabarlarga ko‘ra, Nunyес "Al-Hilol"dagi holatidan qoniqmayapti va bu vaziyatdan "Chelsi" foydalanishi mumkin.

"Transfer News Live" nashri jurnalist Mark Brusga tayanib ma’lum qilishicha, Angliya Premer-ligasiga qaytish uchun Nunyес maoshini kamaytirishga to‘g‘ri keladi.

Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Darvin Nunyесning transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

U avval Angliya chempionatida 95 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q