Darvin Nunьes Angliyaga qaytishi mumkin
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubida to‘p surayotgan urugvaylik hujumchi Darwin Nunes yana Angliya Premier-ligasiga qaytishi mumkin.
"Mundo Deportivo" nashri ma’lumotiga ko‘ra, forvardga Londonning 'Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda.
Manba ta’kidlashicha, "ko‘klar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Nunesni hujum chizig‘ida raqobatni kuchaytirish uchun tarkibga qo‘shib olmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis uni Joau Pedro uchun munosib raqobatchi sifatida ko‘rmoqda.
Darwin Nunesning "Al-Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Urugvaylik futbolchi o‘tgan mavsum Saudiya klubi safida 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar