Darvozabon “avliyо”ga aylаnаdi

  • 08.06.2026 23:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Chempionshipida ishtirok etayotgan “Sautgempton” klubi Bundesliga grandi “Bavariya”dan ijaraga olingan darvozabon Daniel Perets bo‘yicha sotib olish bandini ishga tushirishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Sautgempton” isroillik darvozabonning o‘yinlaridan qoniqqan va uni jamoada olib qolishni istamoqda.

Perets ijara davrida ishonchli o‘yinlari bilan murabbiylar shtabi e’tiborini qozondi. Shu sabab klub uning transferini to‘liq rasmiylashtirishga tayyorlanmoqda.

Darvozabonning kelajagi uzoq vaqt muhokama qilingan edi, ammo endi “Sautgempton” uni doimiy tarzda tarkibga qo‘shishga yaqin turibdi.

Transfermarkt portali 25 yoshli darvozabonni 2 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!