
David Luiz nima uchun Konte uni jazolayotganini aytdi
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luiz va jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte o‘rtasida kelib chiqqan mojaro sababi ma’lum bo‘ldi.
The Times nashrining ma’lum qilishicha braziliyalik futbolchi jamoani italiyalik mutaxassis sabab tark etgan Dego Kosta bilan yaqin do‘st bo‘lgani sabab uni jazolamoqda. Ta’kidlash kerakki, Davil Luiz Kostaning eng yaqin do‘stlaridan biri hisoblanadi va shu bois uni bir necha bor Konte bilan yarashtirishga harakat qilgan.
E’tiborlisi, Konte Ispaniya terma jamoasi a’zosi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan yana bir braziliyalik futbolchi – Villianga borgan sari yanada kamroq o‘yin amaliyoti bermoqda.
Fikrlar