David Raya "Arsenal" tarixidagi rekordni takrorladi
“Arsenal” darvozaboni David Raya APLdagi quruq o‘yinlar bo‘yicha klub rekordini takrorladi.
37-turda “Börnli”ga qarshi kechgan uchrashuvda ispaniyalik golkiper o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Mikel Arteta shogirdlari bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu Rayaning joriy mavsumdagi 19-quruq o‘yini bo‘ldi. “Arsenal” tarixida bungaча faqat Devid Simen shunday natija qayd etgan edi. Afsonaviy darvozabon bu natijaga 1993/94 va 1998/99 mavsumlarida erishgan.
Shu tariqa, “Kristal Pэlas”ga qarshi so‘nggi tur uchrashuvida Raya ushbu rekordning yakka peshqadamiга aylanishi mumkin.

Fikrlar