Davide Anchelotti Chempionlar ligasidagi birinchi o‘yin oldidan fikr bildirdi

  • 08.09.2026 15:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa maydonlarida start olgan Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Lill» o‘z maydonida «Betis»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan fransuz klubi bosh murabbiyi Davide Anchelotti o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Uning taʼkidlashicha, jamoa bu nufuzli musobaqaga o‘tgan mavsumdagi ishonchli o‘yinlari evaziga yo‘l olgan.

 

«“Lill” bu turnirida o‘tgan mavsumdagi yaxshi ishimiz tufayli ishtirok etyapti. Biz bu yerda o‘ynashga munosibmiz. Bu joy bizniki ekanini isbotlamoqchimiz. Jamoam Chempionlar ligasida qay darajagacha yetib borishini oldindan ayta olmayman, ammo bir narsa aniq: qaysi raqib bo‘lishidan qat’i nazar, maydonda oxirigacha kurashamiz», – deya Anchelotti so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltiradi.

 

«Lill» – «Betis» bahsi bugun, 8 sentabr kuni Fransiya klubining uy stadionida o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!