
Davlat Bobonov delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni qo‘shtirib qo‘ydi
Hozirgina dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda Turkiya vakili Mixael Jgankni ippon bahosi bilan engdi va g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020dagi ikkinchi medali bo‘ldi. Bundan avval taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
Fikrlar