
Davlat dumasi vitse-spikeri: "Spartak" - "Sochi" uchrashuvi natijasini bekor qilish kerak
Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Aleksandr Jukov kechadan buyon juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Spartak” – “Sochi” uchrashuvi natijasini bekor qilib, uni qaytadan o‘tkazishni taklif qilmoqda.
“Rossiya futbol ittifoqi ushbu vaziyatga juda jiddiy qarashi kerak. Ushbu o‘yin natijasini bekor qilish va unda ishlagan hakamlarni diskvalifikatsiya qilish lozim, deb o‘ylayman”, - dedi Jukov.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvdan keyin g‘azab otiga mingan “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedun jamoasi bundan buyon RPLda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi. Biroq, RFI prezidenti Aleksandr Dyukov unga qo‘ng‘iroq qilib, uni bu fikridan qaytardi.
Fikrlar