Davron Fayziev: Bu jamoa Shomurodovga ham qiziqayotgandi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini La Ligada davom ettiradi. "Sevilya" futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
26 yoshli frantsiyalik hujumchi ushbu mavsum oxirigacha "Sevilya"da ijara asosida o‘ynaydi.
Ushbu xabar yuzasidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida fikr bildirdi.
- Antoni Marsyal rasman "Manchester Yunayted"dan "Sevilya"ga mavsum oxirigacha ijaraga o‘tdi. 26 yoshli frantsiyalik hujumchi uchun Andalusiya klubi 5 mln evro to‘laydi. Marsyal 22-raqamni tanladi.
Xabarlarga ko‘ra, Antoni Angliyaning bir qator klublarining takliflarini rad etib, "Sevilya"ga o‘tmoqchi bo‘lgan. Bu klub sport direktori Ramon Monchi effekti.
Antoni bu mavsum APLda 8 o‘yinda 1 dona gol urdi. Zaxira futbolchisi darajasida edi. "Sevilya" esa "Real" bilan chempionlik poygasida saviyali futbolchilarga muhtoj. Orada bu jamoa bir Shomurodovga ham qiziqayotgani haqida xabar chiqqandi, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar