Davron Fayziev bugungi muhim o‘yin oldidan: Nazarimda temp yuqori bo‘ladi

  • 26 fevral, 2022, 14:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya chempionatida "Everton" - "Manchester Siti" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi. O‘yin oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida bellashuvga ta’rif berdi. 

Tecno

- "Everton" - "Manchester Siti": Lempardning chiqishi. "Everton" juda yomon mavsum o‘tkazmoqda. Benites ketdi. O‘rniga Frenk Lempard keldi. Natijalar juda o‘zgarmadi. Ammo o‘yinda sal o‘zgarish bor. Bu kubokda "Brentford" bilan va chempionatda "Lids" bilan sezildi. O‘sha uslub, hujum, kreativlik. O‘sha xatolar, himoyadagi tartibsizlik. Eng tartibli jamoani bugun qabul qilishadi. Katta sinov. Lempardga o‘zi haqida eslatib qo‘yish uchun imkoniyat.

volga_2

"Manchester Siti" o‘ta motivatsiyalangan holda boradi. "Liverpul" yaqin. Ustunlik deyarli qolmadi. Gvardiola har bir o‘yin final ekanligini biladi, u shunday finallarda pishgan. 1-2 yo‘qotishlarga pisand qilmay ishlaydigan mexanizm vujudga keltirgan. Nazarimda temp yuqori bo‘ladi. Ishonch hosil qilish uchun 22:30da Uzreportni tomosha qiling. O‘sha erda qolganini gaplashamiz, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!