
Davron Fayziev: Endi "Chelsi"da barcha asosiy turnirlar g‘olibligi bor
"Chelsi" klublar o‘rtasidagi jahon chempioniga aylanganidan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida endi jamoada barcha asosiy turnirlar g‘olibligi borligi haqida fikr bildirdi.
- "Chelsi" rasman dunyoning eng kuchli klubiga aylandi.
Klublar o‘rtasidagi JCh finalida londonliklar "Palmeyras"ni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. "Chelsi"da gollarni Lukaku va Xaverts urdi. Klub kollektsiyasida bu sovrin hali yo‘q edi, 2012 yilgi final "Korintians"ga boy berilgandi. Endi "Chelsi"da barcha asosiy turnirlar g‘olibligi bor. Muxlislarini tabriklayman! - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar