
Davron Fayziev: "Ikkinchi taymda Rangnik ozgina richagni torta oldi"
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Atletiko" va MYu o‘yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev ushbu bahs haqidagi quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
"Kuchlar teng. Har holda hisob bo‘yicha. "Atletiko" kuchli start namoyish etdi. 7-daqiqadayoq Lodining uzatmasidan keyin Feliks bosh bilan Van Persi uslubida darvozani ishg‘ol qildi. Goldan keyin ham mezbonlar tempni tushirmadi. Pressing va Manchesterning hamma zonasini yopishga erishdi. Aybi - boshqa urolmadi.
Ikkinchi taymda Rangnik ozgina richagni torta oldi va jamoasi o‘ynashni boshladi. Tashabbus mehmonlarga o‘tmadiyu, sal aktivlik paydo bo‘ldi. Simeone esa negadir tepadagi bosimni bo‘shatdi. Chempionlar ligasidagi 5 ta o‘zgarish qilish imkoniyatidan Angliya klublari mazza qilib foydalanishmoqda (APLda 3ta). 75-daqiqa, Elanga tushirildi. 80-daqiqa, Fernandesh unga pas berdi va 19 yoshli talant birga-bir vaziyatdan foydalandi. Qishda MYu Elangani ijaraga berishni o‘ylayotgandi va Rangnik olib qoldi. Bugun u ChLda birinchi, umumiy uchinchi golini urdi.
Feliks uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi", - deydi Fayziev.
Fikrlar