Davron Fayziev: "Konorga qaytib olish uchun qulay variant - Neyt Diaz"

  • 12 dekabr, 2021, 17:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun tongda UFC 269 turniri bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. Mazkur jang oqshomini bevosita sharhlab borgan Davron Fayziev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Engil toifa tinchlandi. Agar Pore g‘alaba qozonganda, hammasi qorishib ketardi. Chunki Pore o‘z vaqtida Getjini yutgan. Unga bu da’vogar qiziq bo‘lmasligi mumkin edi. Endi yaqin vaqtga hammasi deyarli aniq. Oliveyra Getjiga qarshi kamarni himoya qiladi. Maxachev - Dariush jangi g‘olibi esa, keyingi da’vogarga aylanadi. Pore reytingdagi birinchi pozitsiyadan tushadi va titul uchun uzoqroq navbatga turadi. Kamida ikkita jang.

Charlz dominant bo‘la oladimi? Qiyinroq. Chunki unga kurashda raqobat qila oladiganlar bor. Masalan, Maxachev. Konor nega yo‘q bu ro‘yxatda? Chunki, u og‘ir jarohatdan tiklanmoqda va liderlar bilan birdan jang qilmaydi. Bu ro‘yxatda och bo‘rilar, Konorga qaytib olish uchun qulay variant kerak. Masalan, Neyt Diaz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!