
Davron Fayziev "Lokomotiv" - "Bayer" o‘yinini stadionda kuzatadi
Joriy mavsumda Samarqandning «Dinamo» klubi bilan Superligada ishtirok etgan hamda ikkinchi davradagi ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin iste’foga chiqarilgan jizzaxlik murabbiy Davron Fayziev ayni paytda ishsiz yuribdi.
Yaqinda esa Toshkentda murabbiylar uchun davom ettirilgan «Pro» litsenziyasida tahsil oldi. Murabbiylik faoliyatidagi oxirgi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Davron Fayziev bilim va malakasini yanada oshirish maqsadida xorijda tajriba o‘rganishni maqsad qilib yurgandi.
Shu maqsadda u yaqinda Moskvaga ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz «Lokomotiv» klubida malaka oshirmoqda. U Yuriy Syomin boshchiligidagi jamoaning mashg‘ulotlari va o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Bundan tashqari, bugun Evropa Chempionlar ligasining navbatdagi tur bahslari ham o‘tkaziladi. Unda esa «Lokomotiv» klubi «Lujniki» stadionida Liverkuzenning «Bayer» jamoasini qabul qiladi. Davron Fayziev bilan aloqa o‘rnatganimizda u yana bir necha soatlardan keyin boshlanadigan chempionlar ligasi uchrashuvini stadionda kuzatishini ma’lum qildi.
Fikrlar